2018 yilda Tomsk oblasti Özbekistonga yoğoç va yoğoçdan tayyorlangan mahsulotlar umumiy eksportidan 43 foizni yetkazib berdi. Bu haqda RIA Tomsk Rosselxoznadzor vakili Vladislav Azarenkoga asosan xabar qilmoqda.

Xitoy ikkinçi eng yirik importçiga aylandi - u Tomsk yoğoçining 35%ni sotib oldi. 2017 yilda Özbekiston va Xitoy Tomsk yoğoçini deyarli bir xil hajmda qabul qilib olgan - mos ravişda 36% va 37%.

«Özbekiston uç yil avval xaridlar hajmini keskin oşira boşladi. 2018 yilda u Tomsk yoğoçining 43 foizini import qildi va Xitoyni sezilarli darajada ortda qoldirdi», - deydi Azarenko.

2018 yilda Tomsk oblastidan qayta işlanmagan yoğoç eksporti hajmi taxminan 58,5 ming kub metrni taşkil etdi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Özbekistonning asosiy savdo şerigi bölib qolgani, Rossiya ikkinçi örinda ekani xabar berilgandi.