Joriy yilning 21 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Jamşid Kenjayev işi böyiça sud jarayoni boşlangandi. Sud majlisining dastlabki kunida sudlanuvçilar söroq qilinganidan söng, sud 23 yanvarga qadar tanaffus e'lon qilgandi.

Mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatçilari A. Nişonov va M. Mirağzamovdan iborat sud tarkibida körib çiqilmoqda.

Sudlanuvçilardan biri Şodali Qiliçov (1989 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – örta-maxsus, «Aurum 898» tungi klubida qöriqçi bölib işlagan, muqaddam sudlangan) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. Şuningdek, Saidazim Kamoldinov (1994 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – örta, «Aurum 898» tungi klubida qöriqçi bölib işlagan, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – örta, «Aurum 898» tungi klubida qöriqçi bölib işlagan, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov (1992 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – örta, «Aurum 898» tungi klubida qöriqçi bölib işlagan, muqaddam sudlanmagan) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Bugun, 23 yanvar kuni sud jarayoni davom ettirildi. Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, bugun guvohlar söroq qiliş maqsadida çaqirildi. Huquq va majburiyatlari tuşuntirilgandan söng, ularga söz berildi.

Sud majlisida Ş. Tursunov, U. Hayitboyev, V. Smirnov, A. Adilov va I. Fazliddinov guvoh tariqasida çaqirildi va öz közlari bilan körganlari haqida sözlab berişdi.

«Öşa mudhiş hodisa sodir bölgan kuni boşqa restoranda tuğilgan kunimni nişonlagandik. U yerda boşqa döstlarimiz ham bölgan. Keyin ziyofatni davom ettiriş uçun «Aurum-898»ga borgandik. Öşanda Jamşid mendan sal oldinroqda edi.