Özbekiston Xotin-qizlar qömitasining hududiy bölinmalari huzurida 155 dan ortiq zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş Markazlari (şelterlar) taşkil etildi.

Prezident qarori asosida taşkil etilgan Markazlarda xalqaro tajribalarga tayangan holda zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarga manzilli, öz vaqtida yordam körsatiş va ularni himoya qiliş, öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvor paydo bölişiga yöl qöymaslik va uning oldini oliş kabi işlar amalga oşiriladi.
Markazlarda zöravonlik qurboniga aylangan ayollar uçun şoşilinç ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam körsatiş, zarurat bölganda, ularga qöşimça yordam körsatiş işlari taşkil etilgan. Şuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlaş böyiça yordam körsatiladi.
Ana şunday oğir ahvolda qolgan ayollarga yordam beriş maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli — «işonç telefoni» işga tuşirildi. Murojaatçi istagiga köra, uning şaxsi va murojaati sir saqlanişi kafolatlanadi.
Şelterlar joylaşgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida sir tutiladi.
















