2018 yilning noyabr-dekabr oylarida ijtimoiy tarmoqlarda bir töda yigitlarning keksa ayolning boşiga çelak kiydirib, muşt urib yiqitganlari tasvirlangan videolavha tarqaldi va keng muhokamalarga, bahs-munozaralarga sabab böldi.
Ma'lum bölişiça, voqea 2018 yilning may oyida Samarqand şahri Siyob bozori yaqinidagi “Şodiyona” savdo majmuasida sodir bölgan. Sotuvçilar 1997 yilda tuğilgan Şirinbek Abdurahmonov, 1993 yilda tuğilgan Anvar Mardonov va 2000 yilda tuğilgan Doniyor Bahriddinovlar şu majmuada tilançilik qilib kun keçiruvçi, 1961 yilda tuğilgan Halima Böriyevani mazax qiliş maqsadida bu işni amalga oşirişgan.
Hozir şaxsi aniqlanayotgan Rahmatjon ismli yigit çelakni ayol boşiga kiygizadi, Şirinbek Abdurahmonov unga muşt tuşirib ağdaradi. Yigitlardan biri, Doniyor Bahriddinov esa buni telefonga tasvirga olib, keyinçalik internet orqali tarqatadi.
Bu işni amalga oşirgan zöravonlarga nisbatan jinoyat işi oçilgan, prokuratura nazorati örnatilgandi. Samarqand şahrida mazkur iş yuzasidan sayyor sud bölib ötdi. Bu haqda “Zamon” körsatuvi lavha tayyorladi.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova bergan ma'lumotlarga köra, oçiq, sayyor sud majlisi ötkazilgan. Sud jarayonida ÖzR JK 277 moddasi 2-qismi “b, d” bandlari böyiça ayblangan Şirinbek Abdurahmonovga Yoşlar ittifoqi tomonidan berilgan kafillik xati, “Boğimaydon” mahalla fuqarolar yiğini tomonidan berilgan kafolat xati, jabrlanuvçining da'vosi yöqligi, ayblanuvçining qilgan işidan puşaymonligi inobatga olinib, şu modda sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Lavhada sudlanuvçi Şirinbek Abdurahmonov bu işidan puşaymonligini bildirib, keçirim söragan. Uning onasi Nargiza Roziqova ham omma oldida öğlining işi uçun keçirim sörab, farzandining 2 oy-u 13 kun hibsda ötirib, va nihoyat sud tomonidan ozod qilingani tufayli minnatdorçilik bildirgan.
Voqeaning boşqa iştirokçilariga nisbatan qanday jazo belgilangani töğrisida hozirça ma'lumot berilmagan.
Samarqandda keksa ayolning boşiga çelak kiygizib, urib yiqitgan yigitlar qölga olindi
















