Iqtisodiy yuksalişga kömaklaşiş markazi rahbari Yuliy Yusupov Kun.uz’ga taqdim etgan navbatdagi maqolasida eng oğir ijtimoiy illatlardan biri — korrupsiya, uning kelib çiqiş sabablari, uni yengiş vositalari va tamoyillari haqida söz yuritadi.

Behzod Hoşimovning korrupsiya haqidagi intervyusi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Uşbu muhokamalar meni korrupsiya, uning biznes şaklini olgan jihati haqida muşohada yuritişga undadi.

Umuman olganda, korrupsiyani «pullik xizmat körsatiş» sifatida e'tirof etiş mumkin. Ammo u odatiy emas — öziga xos xizmatdir. Birinçidan, u qonunga xilof. Ikkinçidan, u boşqa bir turdagi xizmatdan kelib çiqadi — davlat xizmatlaridan.

Jamiyat davlat xizmatlarini körsatişi uçun mansabdorlarni yollaydi. Ammo ba'zi holatlarda mansab egalari şundoq ham bajarişlari kerak bölgan işlar uçun manfaatdor tomondan qöşimça tölov talab qila boşlaşadi. Aksinça bölişi ham mumkin: ular qilişi lozim bölgan işlarni qilmaslik uçun, qoidabuzarlikka «köz yumiş» yoki ruxsat bermaslik lozim bölgan joyda ruxsat berişlari uçun pora olişadi.

Davlat xizmatlarini körsatiş jarayonida nega bunday holatlar yuz berişi va nega «qöşimça» (korrupsion) xizmatlarga talab paydo bölişini tuşunib yetmoq kerak. Axir bu yerda gap faqat mansabdorning pora oliş istagi haqida emas, kimdir öşa porani berişga tayyorligida hamdir. Aks holda, mansabdorning pora oliş istagi havoda muallaq qolgan bölardi.

Tahlil qulayligi uçun davlat xizmatlarini ikki toifaga bölamiz.

Birinçisi — jamiyatga kerak bölgan xizmatlar. Ular barça rivojlangan mamlakatlarda körsatiladi. Masalan, mulk huquqini hisobga qöyiş (registratsiya qiliş), pasport (yoki uning örnini bosuvçi hujjat) beriş, taşkilotlarni tekşiriş (soliq tölaş, sanitar qoidalarga amal qiliş va boşqa masalalari böyiça), davlat ehtiyojlari uçun xaridlar qiliş.

Ikkinçi toifa — aksariyat hollarda mansabdorlarning özlari tomonidan jamiyatga tiqiştirilayotgan xizmatlar. Rivojlangan davlatlarda bunday xizmatlar körsatilmaydi. Masalan, alohida korxonalarga turli-tuman individual imtiyozlar (soliq, kredit sohasida, rasmiy konvertatsiyadan foydalaniş uçun imtiyozlar) beriş. Yoki öta qiyinlaştirilgan propiska. Yoxud jamiyat uçun aytarli zarar keltirmaydigan, şu uçun ham ularga ruxsat oliş kerak bölmagan, ammo, negadir, mansabdorlar tomonidan ularga ruxsat beriş joriy qilingan xizmatlar. Yoki konkurs ötkazmasdan quriliş uçun yer beriş amaliyoti (bunda mansabdor kimga yer beriş keragu kimga bermaslik kerakligini özi hal qiladi).