Xorazm viloyatida yangidan intensiv tutzorlar barpo etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining farmoyişida belgilab qöyildi.
Farmoyiş bilan 2019-2021 yillarda Xorazm viloyatida pillaçilik tarmoğini rivojlantirişning asosiy maqsadli prognoz parametrlari, yangi intensiv tutzorlar va tut qatorlari barpo etişning maqsadli prognoz parametrlari hamda pillaçilik tarmoğida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oşiriladigan loyihalar röyxati tasdiqlandi.
Hujjatda körsatilişiça, Xorazm viloyati hokimligi pillaçilik tarmoği ozuqa bazasini mustahkamlaş maqsadida “Özbekipaksanoat” uyuşmasi bilan birgalikda yangidan intensiv tutzorlar barpo etadi.
Şuningdek, Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi bilan birgalikda fermer xöjaliklarining dala çetlariga yangidan tut köçatlari ekilişini ta'minlaydi.
2019 yil 1 iyunga qadar Urganç tumani hududida 30 gektar maydonda tut uruği va köçati yetiştiriş taşkil etiladi.
Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda viloyatdagi iş bilan band bölmagan aholi (ayniqsa xotin-qizlar)ni aniqlaydi hamda ularni tut ipak qurti parvariş qiliş va ipak gilamlari töqiş işlariga jalb etiş çora-tadbirlari dasturini işlab çiqib tasdiqlaydi. Şuningdek, ularning samarali va töliq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring örnatadi.

















