Xalqaro olimlar guruhining xulosasiga köra, insoniyat uçun eng asosiy tahdidlar bu - semizlik, töyib ovqatlanmaslik va iqlim özgarişi. Şu bilan birga, bu muammolar bir-biri bilan boğliq va global sindemiyani şakllantiradi. Bu haqda Science Alert naşri xabar bermoqda.
Tadqiqotçilar fikriga köra, semizlik va töyib ovqatlanmaslik bir xil sababga ega - oziq-ovqat tizimining kamçiligi hamda faqat iqtisodiy ösişga qaratilgan va soğliq uçun zararli oqibatlarni e'tiborsiz qoldiradigan siyosat.
Iqlim özgarişiga ta'sir qiluvçi omillar orasida oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçi qişloq xöjaligi sanoati, transport, foydali qazilmalarni qazib oliş va ekotizimlar uçun zararli oqibatlarga e'tibor qaratmaslik bor. Barça uçta global muammoni birlaştiriş ularni keltirib çiqaruvçi sabablar, jumladan, siyosiy «inersiya» bilan kuraş usullarini işlab çiqişga yordam beradi.
Bunday inersiya özgarişlarga jamoatçilik talabining yöqligi, notöğri siyosiy qarorlar, şuningdek, oziq-ovqat işlab çiqariş böyiça yirik korxonalar manfaatlarini ilgari surişdan kelib çiqadi. Tadqiqot mualliflari korporatsiyalar ta'sirini çeklovçi global bitim imzolanişini, şuningdek, siyosiy çoralar talab qiladigan ijtimoiy harakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun fond taşkil etişni taklif qilişmoqda.

















