Özbekistonda turizm sohasida amalga oşirilgan işlar sarhisobi va yaqin kelajak uçun prognozlar
|07:51 / 30.01.201927 84217 min
2018 yil Özbekistonda turizm sohasida juda köp yangiliklar kuzatildi: turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan yangi farmon va qarorlar, xalqaro va mahalliy tadbirlar, yangi ta'lim muassasalari faoliyatining yölga qöyilişi, sayyohlar oqimining oşişi, yangi turistik mahsulotlar, yangiça yönalişlarni rivojlantiriş, infratuzilmani takomillaştirişga oid sa'y-harakatlar, xorijiy investorlarni jalb qiliş, OAV vakillarining taşrifi hamda Özbekistonning köplab xalqaro reytinglarda yuqorilaşi va h.k. Ötgan davr mobaynida bularning barçasi haqida Kun.uz'da muntazam ravişda ma'lumotlar taqdim etib kelindi. Quyida ötgan yil davomida turizmni rivojlantiriş yölida amalga oşirilgan işlar, muammolar hamda yaqin kelajak uçun közda tutilgan rejalar haqida batafsil söz yuritamiz.
Hujjatlar
2018 yilda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatda turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan 11 hujjat, Vazirlar Mahkamasi tomonidan esa 25 normativ-huquqiy hujjat imzolandi.
Sayyohlik oqimi körsatkiçlari
Köpçilik orasida bahs-munozaralarga sabab bölgan sayyohlik oqimi körsatkiçlari haqida söz yuritar ekanmiz, eng avvalo Özbekiston sayyohlarni hisoblaşda turizm sohasidagi yetakçi taşkilot hisoblangan UNWTO metodologiyasini qöllaşini ta'kidlaş joiz. Jahonning 167davlati mazkur hisoblaş usulidan foydalanadi. Unga köra, biror mamlakatga işga joylaşişdan boşqa har qanday maqsadda taşrif buyurgan hamda u yerda bir sutka va undan ortiq vaqt ötkazuvçi şaxs sayyoh yoki mehmon hisoblanadi.
Ma'lumot uçun: UNWTO (United Nations World Tourism Organization - Butunjahon turizm taşkiloti) - BMT tizimining ixtisoslaşgan hukumatlararo muassasasi. U 158 mamlakat, 6 hudud, kuzatuvçi maqomidagi 2 hudud va 500 dan ortiq affil taşkilotlarni özida birlaştiradi. Ştab-kvartirasi Madrid şahrida joylaşgan.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining yakuniy hisobotiga köra, 2018 yilda Özbekistonga 5,3 mln nafar sayyoh taşrif buyurgan. 2017 yilda ularning soni 2,69 mln nafarni qayd etgan, ya'ni sayyohlar soni bir yilda 97 foizlik ösişni körsatib, ikki baravarga oşgan. 2016 yilda esa ularning soni 2,07 million nafarni qayd etgan.
Mavzuga oid
2018 yilda Özbekistonga taşrif buyurgan 5 346 219 nafar sayyohdan 5 020 392 nafari MDH mamlakatlaridan kelgan, uzoq xorijiy mamlakatlardan taşrif buyurganlar soni esa 325 827 nafarni taşkil qildi. Özbekistonga kelgan sayyohlar orasida eng katta körsatkiç qöşni Qozoğiston fuqarolari tomonidan qayd etilgan: 2 293 077 nafar. Undan keyingi örinda 1 095 505 fuqarosi bilan Tojikiston va 1 055 688 fuqarosi bilan Qirğiziston kelgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan taşrif buyurganlar orasida esa Turkiya fuqarolari yetakçilik qilmoqda: 41 299 nafar. Keyingi örinlarda 32 444 kişi bilan Xitoy va 27 269 sayyoh bilan Janubiy Koreya qayd etilgan.
Viza va röyxatga oliş jarayonlarining soddalaşuvi
Ötgan yil davomida 9 mamlakat uçun vizasiz rejim e'lon qilindi. Fuqarolari uçun soddalaştirilgan viza rejimi qöllanuvçi mamlakatlar soni esa 12 tadan 50 taga oşdi. 2018 yilning 15 iyulidan va'da qilinganidek elektron kiriş vizalarini rasmiylaştiriş va beriş tizimi işlay boşladi. Xorijiy fuqarolarni vaqtinçalik röyxatga qöyiş töliq elektron formatdagi E-MEHMON tizimiga ötkazildi. Özbekistondan tranzit orqali ötuvçi 101 davlat fuqarolari uçun mamlakatda vaqtinçalik vizasiz böliş tartibi kiritildi.
Sayyohlik infratuzilmasi
Özbekistonda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida joylaşuv vositalari bilan boğliq yengilliklar yaratildi. Masalan, xostellarga bölgan talablar soddalaştirildi, jumladan ularga nisbatan qöyilgan 22 talab bekor qilindi. Bundan taşqari, oilaviy mehmon uylarini taşkil qiliş tartibi soddalaştirildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, 2017 yilda Özbekistondagi xostellar soni 23 tani taşkil qilgan bölsa, 2018 yilga kelib bu körsatkiç 34 taga yetdi.
Oilaviy mehmon uylari soni esa 2017 yilda - 0, 2018 yilda esa 81 tani taşkil qilgan. Mehmonxonalar soni 772 tadan (2017 y.) 914 taga (2018 y.) yetgan.
Lisenziyalaştiriş jarayoni davlat xizmatlari markazlari hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining hududiy bölinmalari va departamentlariga topşirildi. Hujjatlarni körib çiqiş muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirildi. Şuningdek taqdim etiluvçi hujjatlar soni ham kamaytirildi.
Turoperatorlar soni 127 tadan (2017 y.) 234 taga (2018 y.) yetdi.
2018 yilda Özbekistonda sertifikatsiyaga ega bölgan gidlar soni 660 nafarga yetdi. 2017 yilda ularning soni 369 nafarni taşkil etgan.
Transport infratuzilmasi
Ötgan yil davomida mamlakatda transport infratuzilmasini rivojlantiriş yölida qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, turistik avtobuslar xavfsizlik talablariga javob bergan taqdirda kuzatuv majburiyatidan ozod qilindi. Tungi vaqtda turistik avtobus harakatlanişiga nisbatan belgilangan taqiqlov bekor qilindi. Şu bilan birga, mahalliy sayyohlik guruhlarini taşişdan oldin içki işlar organlarining hududiy bölinmalari tomonidan amalga oşirilgan transport vositasini texnik tekşiruvdan ötkaziş majburiyati bekor qilindi. Özbekistonga 8 va undan ortiq kişini taşişga möljallangan turistik toifa avtotransport vositalarini sertifikatsiyalaş jarayoni soddalaştirildi.
2018 yilda turistik toifadagi avtotransportlar soni 133 taga yetdi. Bulardan 48 tasi - avtobus, 85 tasi - mikroavtobus.
Sanitariya-gigiyena şoxobçalari
Sanitariya-gigiyena şoxobçalari (SGŞ) qurilişini rağbatlantiriş maqsadida tatbiq etilgan imtiyozlar natijasida ötgan yili jami 462 SGŞ faoliyati yölga qöyildi. Ularning 50 ga yaqini SGŞ faoliyatini taşkil qilganlar uçun imtiyozlar berilişi haqidagi xabarni keng tarğib qiliş natijasida barpo etildi.
2018 yilda SGŞ umumiy soni 4 747 tani taşkil qildi, 2017 yilda bu körsatkiç 4 285 tani qayd etgan.
Wi-Fi zonalar va yöl körsatkiçlari
Prezidentning 2018 yil 3 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça qöşimça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi 5326-sonli farmonida internet tarmoğiga simsiz bepul ulaniş hududlarini taşkil qiluvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlarga imtiyoz berildi. Unga köra, xöjalik yurituvçi sub'yektlar öz hududida bepul Wi-Fi zonasini yaratgan taqdirda, bu hududni kengaytiriş (bir neçta Wi-Fi nuqtalarini yaratiş, ularning signal maydoning kengaytiriş) uçun xarid qilingan asbob-uskunalar (internet tarmoğiga ulaniş va tarqatiş uçun zaruriy uskunalar, xususan router-modemlar, aloqa kabellari) va internet-trafikni sotib oliş uçun yönaltirilgan xarajatlar xöjalik yurituvçi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasi, şu jumladan, yagona soliq tölovi böyiça bazasidan ayirib taşlanadi, undan qolgan mablağ belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Yaratilgan imtiyozlarga muvofiq Özbekistondagi bepul Wi-Fi zonalari soni bir yil içida 38 tadan (2017 y.) 230 taga (2018 y.) oşdi.
Yöl körsatkiçlari bilan boğliq kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida 2018 yilda ularning respublika böylab körsatkiçi 416 taga yetkazilgan. 2017 yilda ularning soni atigi 43 ta bölgan.
"Ipak yöli" xalqaro turizm universiteti
Özbekiston Prezidentining 2018 yil 28 iyunidagi 3815-sonli qaroriga muvofiq Samarqand şahrida "Ipak yöli" xalqaro turizm universiteti faoliyati taşkil qilindi. 25 iyulda kiriş testlari ötkazilib, qabul kvotalari asosida 137 nafar talaba tanlab olindi. Oliy ta'lim muassasasi (OTM) UNWTO logotipidan foydalaniş huquqiga ega böldi. Xalqaro turizm universiteti Fransiya, Ispaniya, Turkiya, Indoneziya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Belarus kabi 16 xorijiy davlat OTM bilan rasmiy hamkorlik aloqalarini yölga qöydi. Boş vazir örinbosari, "Ta'lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi" rahbari Aziz Abduhakimov "Ipak yöli" universitetining ilk rektori etib tayinlandi.
Turistik xizmatlar uçun xarajatlar
Özbekistonga boşqa mamlakatlardan taşrif buyurgan sayyohlarning mamlakatdagi örtaça xarajati böyiça 2018 yildagi holat quyidagiça:
Qozoğiston - 158,3 dollar;
Qirğiziston - 99,3 dollar;
Tojikiston - 60,4 dollar;
Turkmaniston - 104,6 dollar;
Boşqa MDH mamlakatlari - 635,6 dollar;
Uzoq xorijiy mamlakatlar - 709,4 dollar.
Turizmning eng muhim tadbirlari
2018 yilda Özbekistonda turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan ikki yirik tadbir bölib ötdi. Bular:
Yarmarka “Özekspomarkaz”da ikki körgazma paviloni va uning atrofidagi hududda ötkazildi. Körgazma maydoni 10 ming kvadrat metrni taşkil qildi. Jami pavilonlardagi körgazma stendlarida 940 kompaniya iştirok etdi, ulardan 140 tasi xorijiy va 800 tasi – mahalliy. Uç kun mobaynida yarmarkaga 56 mingdan ziyod kişi taşrif buyurdi. Faol iştirokçilar maxsus mukofotlar bilan taqdirlandi.
Forumda 48 davlatdan 300 dan ortiq işrokçi qatnaşdi. Ular investorlar, turizm sohasida faoliyat olib boruvçi taşkilotlar va moliyaviy institut vakillari hamda yirik mahalliy va çet el kompaniya boşqaruvçilaridan iborat böldi. Şuningdek tadbirda 15 davlatdan 30 dan ortiq xorijiy va mahalliy OAV vakillari iştirok etdi. Forum davomida 400 dan ortiq investitsion loyiha taqdim qilindi va mahalliy investorlar bilan 37 ta şartnoma hamda memorandumlar, xorijiy AQŞ dollarida 86 ta investitsiya kelişuvi imzolandi.
Özbekiston xalqaro reytinglar va jahon OAVda
Ta'kidlaş joizki, ötgan davrda turizmni rivojlantirişga katta e'tibor qaratilişi natijasida Özbekiston turli nufuzli xalqaro reytinglarda yuqoriladi, jahon ommaviy axborot vositalarida mamlakat nomi tez-tez qayd etilişi kuzatildi. Bu Özbekistonning ijobiy imidjini mustahkamlaş, turistik salohiyat tarğibotini kuçaytiriş yölida xizmat qiladi. Quyidagi havolalar orqali xalqaro reytinglar natijalari va Özbekistonga sayohat tavsiya etilgan ba'zi maqolalar bilan tanişişingiz mumkin.
Barça sohalarda bölgani kabi turizmda ham hal qilinişi kerak bölgan qator muammo va kamçiliklar mavjud, albatta. Logistika, infratuzilma, mehmonxona va tezyurar poyezdlarda joy yetişmasligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, turizm tarmoği kadrlari salohiyatini oşiriş bilan boğliq qator muammolar yeçimi izlanmoqda. Bular haqida ba'zi mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarning fikrlari ham taqdim etildi.
Bundan taşqari, turizmga oid boşlangan ba'zi loyihalar yarim yölda qolib ketayotgandek. Ba'zi holatlar uçun tegişli qaror va farmonlar bor, biroq amalda qöllaşga kelganda muammo yuzaga keladi. Bunga qöyilgan reja va maqsadlarni jadal amalga oşira oluvçi, öz işi uçun astoyidil jon kuydiruvçi, har qanday vaziyatga moslaşa oluvçi kadrlarning yetişmovçiligi, şuningdek ba'zi holatlarda davlat taşkilotlarining özaro hamjihatlikda tezkor işlaşga odatlanmagani sababdir, ehtimol.
Bu orada esa vaziyatni anglay olmagan xorijiy investorlar ortiga qaytişi mumkin... Investorlar jalb etilaveradi, imtiyozlar taqdim etilaveradi, biroq bu yerga kelgaç ba'zi tizimlardagi kamçiliklar va işonçsizlikka duç kelib, fikridan qaytişi heç gap emas. Investor kelganida barçasi silliq keçişi uçun tizim va kadrlar bunga tayyor turişi kerak.
Şunday bölsa-da, asosiysi, bugun muammolar inkor etilmayapti, ularning yeçimi izlanyapti, qolganini esa vaqt körsatadi.
2019 yil islohotlar bilan boşlandi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 yanvar kuni Turizmni tezkor rivojlantirişga doir çora-tadbirlar rejasi töğrisidagi farmonini hamda tegişli qarorni imzoladi. Hujjatga köra, 2019 yilning 1 fevralidan Özbekistonda yana 45 davlat fuqarolari uçun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.
Ta'kidlaş joizki, 2018 yilning fevralida 7 mamlakat — Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uçun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etiş haqidagi farmonni imzolagan edi. Uşbu röyxatga mart oyida Tojikiston, oktyabrda Fransiya, 15 yanvardan esa Germaniya qöşildi (şu bilan röyxatdagi mamlakatlar soni 19 taga yetardi, yangi farmon bilan esa bunday mamlakatlar soni 64 tani taşkil etadigan böldi).
Şuningdek ayni vaqtda 39 mamlakat fuqarolari uçun sayyohlik vizalarini olişning soddalaştiriş tartibi amal qila boşladi (hozir bunday mamlakatlar soni — 51ta). Iyul oyidan elektron vizalar, 16 yoşgaça bölgan çet elliklar uçun vizasiz tartib va 101 mamlakatdan kelayotgan tranzit aviayölovçilar uçun beş kunlik vizasiz tartib yölga qöyildi.
2019 yilning 1 fevralidan fuqarolari elektron kiriş vizalarini oliş huquqiga ega mamlakatlar röyxatiga 76 davlat qöşiladi. Bundan taşqari, 15 martdan e'tiboran amal qiliş muddati 30 kun bölgan ikki martalik va köp martalik elektron kiriş vizalari joriy etiladi. Şuningdek, çet el fuqarolarining alohida guruhlari uçun Vatandosh visa, Student visa, Academic visa, Medical visa va Piligrim visa kabi yangi viza kategoriyalari yölga qöyiladi.
109 davlat fuqarolari Özbekistonda uy sotib oliş va yaşaş huquqiga ega bölişlari mumkinligi haqida xabar berildi.
Bundan taşqari, Prezidentning turizmni tezkor rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar rejasiga köra, 2019 yilning 1 martidan e'tiboran taqiqlov belgisi bölmagan barça hududlarda foto va video oliş mumkin böladi.
Hujjatga köra, Içki işlar vazirligi Mudofaa vazirligi, Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Çegara qöşinlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 fevraligaça bölgan muddatda foto- va videos'yomka qiliş uçun taqiqlanuvçi obektlar, jamoatçilik joylari va hududlar röyxatini tasdiqlaydi.
Yaqin kelajak uçun prognozlar
«Turizmni tezkor rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar rejasi töğrisida»gi Prezident farmoni bilan 2019-2025 yillar uçun Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlanadi.
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça," 2019-2025 yillar uçun Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi" böyiça olti yil içida turizmning Özbekiston yalpi içki mahsulotidagi uluşini - 2,3 foizdan (2017 y.) 5 foizga, xorijlik sayyohlar sonini esa 9-10 million nafarga, jumladan uzoq xorijiy mamlakatlardan keluvçi turistlar sonini 2 milliongaça oşiriş közda tutilgan. Şuningdek, turizm eksporti hajmini 950 million dollardan 2,2 milliard dollargaça oşiriş kutilmoqda. Joylaşuv vositalari sonini esa 850 tadan 3000 tagaça çiqariş rejalaştirilgan. Turoperatorlar soni ham 860 tadan deyarli ikki baravarga oşişi közda tutilgan.
«Hujjatdan şuningdek qulay logistikani öz içiga olgan zamonaviy transport infratuzilmasini yölga qöyişga doir işlar ham örin olgan. Bu havo, temir yöl, avtomobil va suv transporti. Markaziy Osiyoda çegaralarni kesib ötişda qulay şaroitlar yaratişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur yönalişda qöşni Qozoğiston bilan viza rejimlarini unifikatsiya qiliş ustidagi işlarni davom ettiryapmiz. Bu taklif qilinayotgan turistik mahsulotlar kölamini kengaytiriş va ularni diversifikatsiyalaşni nazarda tutadi. Birinçi navbatda bu yönalişda ziyorat turizmi, ekoturizm, agroturizm, etnoturizm, sport turizmi, MICE-turizmga e'tibor qaratiladi.
Bundan taşqari, xorijiy turistlarning Özbekistonda böliş örtaça vaqtini kamida 8 sutkaga yetkazişni maqsad qilganmiz, ya'ni har bir şaharda - kamida 3 sutkadan, hozir ular har bir şaharda köpi bilan 1,5-2 sutka qolişadi», - deydi Abduhakimov.
Şuningdek, ma'lum qilinişiça, «Özbekiston böylab sayohat qil» nomli içki turizmni rivojlantirişga yönaltirilgan dastur doirasida mahalliy sayyohlar sonini ham deyarli ikki baravarga - 14 milliondan 25 milliongaça oşiriş közda tutilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi