“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktab va maktabgaça ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatiş imkoniyatini yaratiş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, maktab va maktabgaça ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya jarayonini ota-onalar tomonidan onlayn kuzatişni yölga qöyiş kerak. Bunda ota-onalar öz qöl telefonlari, smartfonlari yoki kompyuterlaridan farzandining maşğulotlardagi iştirokini kuzatişi mumkin. Bu orqali har bir ota-ona öz farzandining maktab va maktabgaça ta'lim muassasalarida qanday ta'lim va tarbiya olayotganini, farzandiga qanday öqituvçi yoki tarbiyaçilar dars berib, tarbiyalayotganligini kuzatiş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, öqituvçilar uçun qulayligi - öquvçi özini ota-onasi kuzatib turganini his qilib turişi va darslarda özini körsatişga harakat qilişidadir. Öz navbatida darsni ota-onalar kuzatib turganligini his qilgan öqituvçi öz ustida köproq işlaşga, öquvçilarga sifatli dars ötişga harakat qiladi.
“Hozirda köplab maktab va boğçalarga video kuzatuv qurilmalari örnatilgan. Ularning sonini oşiriş (har bir maşğulot xonasiga örnatiş) va ota-onalarning video kuzatuv qurilmalaridan masofaviy onlayn foydalaniş imkoniyatini yaratiş kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Eslatib ötamiz, avvalroq katta magistral yöllarda piyodalar uçun yöl ötkazgiçlar quriş taklif qilingandi.













