Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Venesuelaning ishlariga tashqaridan aralashish fuqarolar urushiga olib kelishi mumkinligini bildirdi
Yevroparlamentning Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishi mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘lu Buxarestga tashrifi davomida ma'lum qildi.
"Biz Yevroparlamentning Venesuela bo‘yicha qarorini to‘g‘ri deb hisoblamaymiz, mamlakatning ichki ishlariga aralashish fuqarolar urushi boshlanishiga olib kelishi mumkin", -deya iqtibos keltiradi TRT telekanali vazirning so‘zlaridan.
Payshanba kuni Yevroparlament Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan oluvchi rezolyutsiyani ma'qulladi va Yevroittifoq davlatlarini ham Guaydoni tan olishga chaqirdi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026