2019 yilning 31 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentning Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev boşçiligidagi delegatsiya Afğoniston böyiça xalqaro aloqa guruhining navbatdagi majlisida iştirok etdi.

TIV xabariga köra, xalqaro aloqalar guruhi 2009 yilda taşkil etilgan bölib, uning maqsadi Afğonistondagi inqirozning hozirgi holati va hal etiş istiqbollarini muhokama qiliş, şuningdek, Afğonistondagi mustahkam va uzoq muddatli tinçlik va barqarorlikka erişiş hisoblanadi.

Uşbu tadbirda 60dan ziyod mamlakat, jumladan AQŞ, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, MDH davlatlari, BMT, Yevropa Ittifoqi, NATO, Osiyo taraqqiyot banki, Islom hamkorlik taşkiloti vakillari iştirok etdilar.

Özbekiston delegatsiyasi rahbarining nutqida tinç siyosiy jarayonlarga kömaklaşiş, şuningdek qöşni Afğoniston milliy iqtisodiyotini tiklaşda amaliy yordam beriş va Afğoniston tomoni bilan keng kölamli infratuzilma loyihalarini amalga oşirişga qaratilgan Özbekiston rahbariyatining sa'y-harakatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Tadbir iştirokçilarga faqat afğonlar va Afğoniston xalqi rahbarligida mamlakatni tinç yöl bilan qayta tiklaş jarayonini amalga oşiriş kerakligi töğrisidagi Özbekistonning qat'iy pozitsiyasi ma'lum qilindi.

Majlisda iştirok etiş doirasida Özbekiston delegatsiyasi AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQŞ davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo işlari böyiça yordamçisi örinbosari Elis Uells, Germaniya hukumatining Afğoniston va Pokiston böyiça maxsus vakili Markus Potsel, Buyuk Britaniyaning Afğoniston böyiça maxsus vakili örinbosari Lesli Kreyg va Fransiya TIVning Janubiy Osiyo departamenti direktori Kamil Peti bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ham ötkazdi.

Uçraşuvlar davomida Afğonistondagi vaziyatni tezda barqarorlaştiriş böyiça sa'y-harakatlarni muvofiqlaştiriş va qöşma ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oşirişning amaliy jihatlari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.