O‘zbekiston | 12:12 / 02.02.2019
72868
2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi tuman abituriyentlari eng bilimli?

Foto: KUN.UZ

Oliy ta'lim muassasalariga kirish bo‘yicha respublikada Buxoro va Navoiy abituriyentlari yetakchilik qilmoqda, deya xabar beradi Ma’rifat gazetasi.

Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2018 yilda respublikaning abituriyent eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan o‘n tuman/shaharlardan yettitasi Buxoro viloyati (Shofirkon, Vobkent, Peshko‘, Qorako‘l, G‘ijduvon, Qorovulbozor tumanlari va Buxoro shahri)ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qolgani Navoiy viloyati (Zarafshon, Navoiy shaharlari, Qiziltepa tumani)da joylashgan.

Ularda o‘qishga kirganlarning hujjat topshirganlarga nisbati 19,7 — 22,1 foizdan iborat. Masalan, Shofirkon tumanidan 3172 nafar abituriyentning 722 nafari OTMda o‘qishga tavsiya etilgan. Qiziltepalik 2377 nafar yigit-qizning 501 nafari talabalar safiga qo‘shilgan.

Bu borada eng past ko‘rsatkichni esa Angor, Oltinko‘l, Sariosiyo, Arnasoy, Izboskan, Asaka, Andijon, Sherobod tumanlari va Qorasuv shahri ko‘rsatmoqda. Misol uchun, 4977 nafar sherobodlik yoshdan bor-yo‘g‘i 5,7 foizi testdan yetarlicha ballni to‘play olgan.​

Mavzuga oid