Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta'lim muassasalarining sport inşootlarida pullik xizmat körsatuvçi sport tögaraklarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan belgilanişiça, 2019 yil 1 fevraldan boşlab:

qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy tarbiya soatlaridan böş vaqtlarida sport inşootlarida trenerlar tomonidan aholiga, şu jumladan, öquvçi-yoşlar va talabalarga körsatiladigan jismoniy tarbiya-soğlomlaştiriş va sport xizmatlari pullik asosda amalga oşiriladi;

davlat ta'lim muassasalarining sport inşootlarida trenerlar tomonidan körsatilgan xizmatlar uçun tuşgan tölovning 20 foizi kommunal xizmatlar xarajatlariga yönaltiriladi, qolgan qismi davlat ta'lim muassasasi va trenerlar örtasida teng miqdorda taqsimlanadi.

Davlat ta'lim muassasalarining sport inşootlarida pullik xizmat körsatuvçi sport tögaraklarini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, şuğullanuvçilar tomonidan  sport tögaraklariga qatnaşiş uçun ta'lim muassasasi rahbariga ariza va boşqa tegişli hujjatlar taqdim etiladi.

Arizalarni körib çiqiş böyiça işçi guruh tuziladi va ular tomonidan şuğullanuvçilarning layoqati aniqlanadi.

Şunga köra, ta'lim muassasasi rahbari va şuğullanuvçilar örtasida sport tögaragiga qatnaşiş böyiça belgilangan tartibda şartnoma tuziladi.

Pullik xizmat körsatganlik uçun tölov miqdori trener tomonidan ta'lim muassasasi rahbariyati bilan kelişilgan holda belgilanadi.

Tölovlar har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan keçikmasdan amalga oşiriladi.

Kam ta'minlangan oilalardan bölgan şuğullanuvçilar pullik xizmat körsatilganligi uçun belgilangan tölovlarni imtiyozli ravişda 50 foiz miqdorida amalga oşiradi. Bunda oilaning kam ta'minlanganligi töğrisida mahalla tomonidan beriladigan ma'lumotnoma ta'lim muassasasi rahbariga taqdim etiladi.

Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand iştirok etgan taqdirda, pullik xizmat körsatilganligi uçun belgilangan tölovlarni imtiyozli ravişda har biri uçun 70 foiz miqdorida amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi:

bir oy muddatda sport turlari, eng avvalo, ommaviy sport turlari böyiça yangi qöşimça seksiya va guruhlarni taşkil etiş hisobiga sport inşootlaridan foydalaniş darajasini oşiriş çoralarini köradi;