Joriy yilning 21 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Jamşid Kenjayev işi böyiça sud jarayoni boşlangandi. Sud majlisining dastlabki kunida sudlanuvçilar söroq qilingan, keyingi majlisda guvohlar tinglangandi.
Bugun, 4 fevral kuni uşbu iş yuzasidan davom etayotgan sud jarayonining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sud majlisida voqea jarayonida davlat sud eksperti Şuxrat Rajabov va klinik ordinator, tez yordam şifokori Röziqul Şerbötayev guvoh sifatida tinglangan.

«9 avgust kuni Mirobod tuman katta tergovçisi Umarov tomonidan çiqarilgan qaror asosida Kenjayevning murdasida tekşiruv ötkazganman. Tekşiruvga köra, taşqi tomondan Kenjayevning tanasida uzunligi 1 sm, kökrak qafasi old yuzasi qöltiq osti qovurğasi ostida tanaga nisbatan köndalang yönalgan sançib kesilgan yara bor edi. Ikkinçi yara kökrak qafasi old yuzasi öng tomonda qöltiq osti old çiziği böylab 10-qovurğa ostida tanaga nisbatan köndalang joylaşgan ölçamlari 4,5ga 1 santimetrlik jarohat çoklari tikilgan. Boşqa yaralar dumba sohasida çuqurligi 4-5 santimetrni taşkil etgan. Boşning öng çakka, tepa, ensa sohalarida jami 6ta yara mavjud bölgan. Çap qöl, tirnoq, barmoq içki va taşqi qismida analogik yaralar mavjud. Qovoq sohasida va öng yelka böğinida qontalaşlar qayd etilgan.

Ölimga sababçi bölgan jarohat - qorin devorini teşib ötib jigar, içaklar va pastki vena şikastlanişiga sabab bölgan sançib kesilgan yarasi sabab gemalogik şok, içki va taşqi qon ketişlaridan yuz bergan.
Kenjayevning qonida alkogol aniqlangan. Uning darajasi tirik odamlarda örta darajadagi mastlik holatiga töğri keladi. Bu darajada odam özini boşqara oladi. Holatni yanada aniqlaştiriş uçun komissiyaviy tarkibda ekpertiza maqsadga muvofiq», degan mutaxassis.
Şundan söng, sud ekspertiga sud majlisida savollar berib ötilgan. Marhum qiynalib ölgan yoki ölmagani borasidagi fikri söralganida, «qiynalib ölgan» deya javob berdi.




















