Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning ma'lum qilişiça, 2019-2020 yillarda uzoq masofali qanotli raketaga ega, dengizda joylaştiriluvçi «Kalibr» kompleksining yer usti variantini işlab çiqiş lozim. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, uşbu kompleks Suriyada özining yaxşi imkoniyatlarga ega ekanini isbotladi.

«Şu vaqt içida biz katta masofaga parvoz qila oladigan, gipertovuşli raketaga ega bölgan yer usti raketa kompleksini yaratişimiz lozim», - deya qöşimça qilib ötdi Şoygu.

Uning aniqlik kiritişiça, zarur çora-tadbirlar röyxati davlat rahbari Vladimir Putinga topşirilgan. Qayd etilişiça, u buni ma'qullagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya kemalari gallyutsinatsiya çaqiruvçi qurol bilan jihozlangandi.