Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toşkent şahar hokimining “Toşkent şahridagi transport vositalarini 2019 yilda majburiy texnik körikdan ötkaziş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahridagi transport vositalari va ularga tirkamalar 2019 yilda belgilangan tartibda majburiy texnik körikdan ötkaziladi.

Hujjat bilan Toşkent şahrida transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş böyiça komissiya tarkibi, Toşkent şahrida röyxatga olingan yuridik şaxslarga tegişli transport vositalarini 2019 yil uçun majburiy texnik körikdan ötkaziş jadvali tasdiqlanişi mumkin.

Toşkent şahrida transport vositalari joriy yilda quyidagi davriylikka muvofiq:

tijorat asosida yölovçilar taşiş uçun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, tramvaylar va ötiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bölgan (haydovçining örnidan taşqari), odamlarni muntazam taşiş uçun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oğir vaznli va xavfli yuklarni taşiş uçun maxsus transport vositalari hamda ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta (birinçi marta — 1 martdan 30 iyungaça, ikkinçi marta — 1 sentyabrdan 31 oktyabrgaça);

işlab çiqarilganligiga beş yildan köp bölmagan (işlab çiqarilgan yili ham şu jumlaga kiradi) transport vositalari (tijorat asosida yölovçilar taşiş uçun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, tramvaylar va ötiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bölgan (haydovçining örnidan taşqari), odamlarni muntazam taşiş uçun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oğir vaznli va xavfli yuklarni taşiş uçun maxsus transport vositalari hamda ularga tirkamalardan taşqari) — ikki yilda bir marta;

işlab çiqarilgan yilini hisobga olgan holda işlab çiqarilganligiga beş yildan ortiq bölgan transport vositalari, şuningdek işlab çiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (tijorat asosida yölovçilar taşiş uçun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, tramvaylar va ötiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bölgan (haydovçining örnidan taşqari), odamlarni muntazam taşiş uçun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oğir vaznli va xavfli yuklarni taşiş uçun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalardan taşqari) — bir yilda bir marta;

tirkamalar körikka transport vositasi - şatakçi uçun belgilangan muddatlarda texnik körikdan ötkaziladi.

Yuridik şaxslarga tegişli bölgan transport vositalarining texnik körigi 1 martdan 30 iyungaça ötkaziladi.