Cheferin ikkinchi muddatga UYeFA prezidenti etib saylandi
UYeFA rahbari Aleksander Cheferin bugun, 7 fevral kuni tashkilotning Rimdagi Kongressida ikkinchi muddatga prezidentlik lavozimiga saylandi.
UYeFAning 43-Kongressida sloveniyalik yurist nomzodini barcha 55 milliy federatsiya qo‘llab-quvvatladi.
51 yoshli Cheferin 2023 yilgacha Yevropa futboliga rahbarlik qiladi. U bugungi saylovda yagona nomzod sifatida ishtirok etdi. Da'vogarlar 2018 yil 7 noyabriga qadar ro‘yxatga olingan, shu vaqtgacha faqat amaldagi prezident ushbu lavozimni egallash istagini bildirgan edi.
Aleksander Cheferin tashkil etilganiga 60 yildan oshgan UYeFAning yettinchi prezidenti sanaladi. U 2016 yil sentabr oyidan buyon Yevropa futboliga rahbarlik qilib kelmoqda. Bunga qadar Sloveniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti, UYeFAning Huquqiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Mavzuga oid
14:42 / 22.12.2023
«Qonuniy kuzir». Superliga mashmashalarining navbatdagi bosqichi haqida
23:25 / 21.12.2023
Sud FIFA va UYeFAning Superligani o‘tkazishga qo‘ygan taqiqini bekor qildi
10:58 / 09.10.2023
UYeFA Isroilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yinlarni noma’lum muddatga ko‘chirdi
08:56 / 28.09.2023