Xokkey böyiça Özbekiston birinçi çempionati oçiliş marosimi ertaga, 8 fevral kuni soat 18:00 «Ice City» muz arenasida boşlanadi. Çempionatning ilk öyini poytaxtning «Toşkent» va «Binokor» klublari örtasida bölib ötadi.

Uşbu bahsdan söng poytaxtning yana ikki jamoasi «Humo» hamda «Semurğ» muzga çiqadilar.

«Toşkent» - «Binokor». 18:30.

«Humo» - «Semurğ». 21:30.

Musobaqa taşkilotçisi – Özbekiston Xokkey federatsiyasi ma'lumotiga köra, xokkey böyiça Özbekiston çempionati 17 va undan katta yoşdagi xokkeyçilar örtasida ötkaziladi va 24ta uçraşuvdan iborat böladi. Bahslar 17 mart kuni nihoyasiga yetadi. 20 martdan boşlab esa pley-off uçraşuvlari boşlanadi. Unda jamoalar uçta ğalabagaça kuraş olib boradilar.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Xokkey federatsiyasi 2018 yil 28 martda Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazilgan. Özbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasi ta'sisçilar konferensiyasida uning rahbari etib Baxtiyor Şuhratoviç Fozilov saylangandi. Federatsiya hozirça Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) a'zosi emas. Xalqaro xokkey federatsiyasiga a'zolik uçun nomzodlar orasida Özbekiston bilan birga Jazoir, Bahrayn, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Tunis davlatlari ham bor. 

Eslatib ötamiz, rus sport saytlarida Toşkent şarafini himoya qiluvçi xokkey klubi Kontinental xokkey ligasida (KXL) yaqin ikki mavsum içida paydo bölişi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi. Ayni paytda KXLda 7 mamlakat - Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Latviya, Xitoy, Finlyandiya va Slovakiyaning jami 27 klubi iştirok etmoqda.

Özbekiston Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) kongressida «Humo Arena»ning taqdimot marosimini ötkazgandi. «Humo Arena»ning işga tuşiriliş muddati aniq bölgaç, özbekistonliklar va KXL örtasida muzokaralar boşlanadi.