2019 yilning I çoragida Özbekistonda hayotiy oğir vaziyatda qolgan ayollar murojaat qilişi uçun yana 40 ta ijtimoiy moslaşuv markazi (şelter) oçiladi. Respublika Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, sönggi kunlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar Xotin-qizlar qömitalari raislarining hisoboti tinglanib, hamkor taşkilotlar iştirokida brifinglar taşkil etilgan. Tadbirlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş, şuningdek, oilaviy-maişiy zörlik işlatişning oldini oliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyatidan xabardor qilişga bağişlangan.

Bugungi kunga kelib joylarda xotin-qizlar qömitalari huzurida "Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş markazlari"ni bosqiçma-bosqiç taşkil etiş işlari olib borilib, jami 160 markaz öz faoliyatini boşlagan. 2019 yilning I çoragi davomida tuman, şaharlarda yana 40 markazning oçilişi rejalaştirilmoqda. 

Brifingda ayollar ijtimoiy moslaşuv markazlari tomonidan kelgusida amalga oşiriladigan vazifalar xususida ham ma'lumotga ega bölişdi.