Toşkent davlat yuridik universiteti uçun test sinovlarida endi asosiy ballar tarix fani böyiça bilimlar uçun emas, ona tili va adabiyoti fani böyiça bilimlar uçun beriladi.

Davlat qabul komissiyasining 2019 yil 31 yanvardagi 15-son majlis bayoniga binoan, 2019/2020 öquv yilidan boşlab Toşkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari böyiça)» bakalavriat ta'lim yönalişi uçun test böyiça muvofiq keluvçi fanlar majmuasi quyidagiça belgilandi:

  • Ona tili va adabiyoti fani böyiça — 3,1 ball;
  • Çet tili fani böyiça — 2,1 ball;
  • Tarix fani böyiça — 1,1 ball.

TDYuU ma'muriyati ham Kun.uz’ga uşbu özgarişni tasdiqladi.

Ta'kidlanişiça, talabalarda yurist kadrlar uçun muhim ahamiyat kasb etadigan tahliliy fikrlaş, yangi bilimlarni mustaqil ravişda egallaş hamda ulardan foydalaniş, huquq normalarini şarhlaş va qöllaş kabi bilim hamda könikmalarni şakllantiriş uçun til biliş qobiliyati, şu jumladan xorijiy tillarni mukammal özlaştiriş zarur. Şu sababli fanlar taqsimoti özgargan.