2019 yilning 11-24 fevral kunlari kuriliş sohasi böyiça çet el tajribasini örganiş yuzasidan taşkil etilgan işçi guruhlar Rossiya, Belarus, Turkiya va Ozarboyjonga yuboriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişida aytilgan.

Qayd etilişiça, işçi guruhlar quriliş sohasining bugungi ahvolini, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob berişi masalalarini kompleks örganiş maqsadida yuqoridagi davlatlarga yuboriladi va xizmat safari doirasida mutasaddi taşkilotlar bilan uçraşuvlar ötkazadi.  

Işçi guruhlar zimmasiga Rossiya, Belarus, Turkiya va Ozarboyjonning quriliş sohasidagi tajribasini örganiş va xizmat safari yakunlari böyiça ularni mamlakatimizda amalga oşiriladigan loyihalaştiriş va quriliş işlariga tatbiq etiş yuzasidan tegişli takliflarni kiritiş vazifasi yuklandi.