Özbekiston Taşqi işlar vazirligi «Toşkent» xalqaro aeroportining tranzit zonasida bölib turgan Ksyayman Xalimubiyeke haqida ma'lumot berdi.

«Ommaviy axborot vositalarining fuqaro Ksyayman Xalimubiyekening taqdiriga doir köplab murojaatlari munosabati bilan şuni ma'lum qilamizki, u mamlakatimizga Qozoğistondan kelgan va «Toşkent» xalqaro aeroportining tranzit zonasida bölib turgan. U Özbekiston hududiga kirmadi va 2019 yil 9 fevral kuni Bangkok şahriga uçib ketdi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, avvalroq u Tailanddan tranzit bilan Toşkent orqali Olmaota şahriga borgan edi.

8 fevral kuni Qozoğistondagi jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda etnik qozoq K.Xalimubiyekega Toşkent aeroportidan deportatsiya qiliş tahdid solayotgani haqida xabar berişgandi.

Manbalar xabariga köra, «Xitoyda tuğilgan etnik qozoq Xitoydan qoçib, Toşkent aeroportida bölgan. Xitoyning Özbekistondagi elçixonasi uni Xitoyga qaytariş niyatida edi», deya qayd etgan Qozoğistonning «Atajurt» inson huquqlari taşkiloti yetakçisi ijtimoiy tarmoqlarda.

«Agar Özbekiston hukumati uni Xitoyga qaytarib yuborsa, u kamida 20 yilga ozodlikdan mahrum etilişi yoki ölim jazosiga hukm qilinişi mumkin», - deya yozgan huquq himoyaçisi.