Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziyaga qachon qaytishi haqida gapirdi
Foto: RIA Novosti. Stringer
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Belgiyadagi Lej shahrida muhojirlar bilan uchrashuv paytida ma'lum qilishicha, mamlakatdagi mavjud vaziyat uning qaytib kelishi uchun mos emasdir. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy televideniyega asosan xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, unga vatanga qaytish haqida tez-tez savol berishmoqda, ammo hozirgi paytda mamlakatdagi vaziyat «tayyor emas». Saakashvilining ta'kidlashicha, Gruziyaga borishni rejalashtirmoqda, ammo bu «kelgusi haftalar va oylar ichida» vaziyat tayyorlanganidan so‘ng yuz beradi.
«Sening mamlakating qanday qilib yo‘q qilib tashlanayotganini uzoqdan kuzatib bo‘lmaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Saakashvili.
Shuningdek, Gruziya sobiq rahbarining ma'lum qilishicha, mamlakatda hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘zgartirish rejasiga ega. Bundan tashqari, u Gruziyada tug‘ilgan va asli kelib chiqishiga ko‘ra gruzin bo‘lgan barchaga Gruziya fuqaroligini berish haqida va'da qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili Gruziyada hokimiyatni o‘zgartirishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025
Sud Saakashviliga Gurjiston budjetiga uch million dollar to‘lashi haqida hukm chiqardi
21:42 / 08.04.2025