Serbiya taşqi işlar vazirligi Split şahrida "Tsrvena Zvezda" vaterpol klubi öyinçilariga hujum qilingani munosabati bilan Xorvatiya elçixonasiga diplomatik nota yölladi. Bu haqda Serbiya taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.

"Serbiya taşqi işlar vazirligi Xorvatiya Respublikasi elçixonasiga norozilik notasi yölladi", - deyiladi xabarda.

Vazirlik şuningdek, voqeadan "çuqur taşviş"da ekanligini bildirgan.

Slobodna Dalmacija portalining xabar berişiça, "Tsrvena Zvezda"ning uç öyinçisi Split şahrida mahalliy "Mornar" jamoasi bilan öyin oldidan qahvaxonada hujumga uçragan. Sportçilar öz klublari libosida bölgan va qahvaxona ofitsiantining ğazabiga uçraşgan. Ular qahvaxonadan çiqib ketmoqçi bölişganida bir guruh kişilar vaterpoloçilarni armatura va töqmoqlar bilan savalaşgan.

Natijada öyin bekor qilingan.