Turli ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda IŞID terrorçilik guruhining moliyaviy zaxiralari 50 mlndan 300 mln dollargaçani taşkil qiladi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengaşida BMT boş kotibi örinbosari, aksilterrorçilik boşqarmasi boşliği Vladimir Voronkov ma'lum qildi.      

Voronkovning ta'kidlaşiça, IŞIDning Suriya va Iroqdagi 14-18 ming jangarisidan 3 mingga yaqini xorijliklar hisoblanadi. 

BMT vakilining aytişiça, IŞID xavfi Yaqin Şarq, Afrikadan tortib Yevropa, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Janubi-Şarqiy Osiyogaça dunyoning turli burçaklarida mavjud. 

BMT boş kotibining bu mavzuga bağişlangan navbatdagi hisobotida IŞID öz nazoratidagi hududlarni boy bergandan keyin ba'zi daromad manbalaridan mahrum bölgan bölsa-da, majburiyatlari ham kamaygani va şu sababli operatsiyalarni davom ettirişi mumkinligi ta'kidlab ötilgan. 

Voronkovning ta'kidlaşiça, IŞID butun dunyo böylab teraktlar amalga oşirişga tayyorlanişni davom ettirmoqda.

“IŞID yaşirinça harakat qilişga ötganiga qaramay, uning markaziy rahbariyati öz ta'sirini va xalqaro kölamdagi hujumlarni amalga oşiriş istagini saqlab qolgan va şu yöl bilan butun guruhni ilgari surişda muhim rol öynamoqda”, deb aytgan Voronkov.

Uning aytişiça, IŞID joylarda barqarorlikning istalgan şakliga putur yetkaziş istagida mahalliy darajada harakat qiluvçi yaşirin tarmoqqa aylanmoqda.

“Bu esa ixtilof hududini tark etayotgan, yoki unga qaytayotgan, yoxud turmalardan çiqmoqçi bölayotgan xorijiy jangarilar mavjudligi bilan yanada çuqurlaşmoqda. Bu ma'noda turmalardagi radikallaşuvga Yevropa va Iroqda öziga xos muammo sifatida qaralmoqda”, deb qöşimça qilgan Voronkov.