1997 yilda Özbekiston rahbariyati uçun maxsus işlab çiqarilgan, Uzbekistan Airways kompaniyasining British Aerospace Avro RJ85 uçta samolyotidan bittasi (bort raqami UK-80001) sotildi.

AviaSpotter Telegram kanali ma'lumotlariga köra, bort Özbekiston birinçi prezidentiga xizmat körsatgan. 1997-2013 yillarda Islom Karimov bu samolyotda Özbekiston viloyatlari va yaqin xorijdagi davlatlarga parvoz qilgan.

Aviatsiya ixlosmandlari orasida samolyot «tulki» yoki «rijik» laqabini olgan. Ma'lum bölişiça, qolgan «rijik»lar ham (UK-80002 va UK-80003) sotiş uçun tayyor turibdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Uzbekistan Airways Dreamliner böyiça rasmiy ma'lumot bergandi.