Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Dasturga köra, “Auditorlik faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

auditorlik faoliyatini litsenziyalaş jarayonini soddalaştiriş;

xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlaş va malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş;

auditorlik taşkilotlari işi sifatining taşqi nazoratini amalga oşiriş böyiça zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantiriş; 

xalqaro audit standartlarini qöllaş; 

har yili auditorlik tekşiruvidan ötişi şart bölgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlaş.

Qonun loyihasini işlab çiqiş böyiça mas'ul ijroçilar - Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiş muddati - 2019 yil 1 iyul, Qonunçilik palatasiga kiritişning taxminiy muddati - 2019 yil 1 avgust.