Ijtimoiy tarmoqda Rossiyada mehnat qiladigan özbekistonlik muhojirlar iştirokidagi hazil videorolik tarqaldi. Unda boş qahramon – Sankt-Peterburg şahrida qor kurayotgan yigit Rossiyada pul topiş “juda oson” ekanligini körsatadi. 

Yigitning aytişiça, bu yerda pullar qor ostida yotadi. “Rossiyada mehnat qilib yuribmiz. Bu yerda pul topiş juda oson. Qişda qor kuraymiz, yozda barglarni töplaymiz – qor va barglar orasidan pullarni terib olamiz. Rossiyada pul topiş osonligini bu yerga kelmaganlar bilmaydi”, deydi u.

U buning isboti sifatida qorni bir çetga otiş asnosida qor orasidan çiqayotgan pullarni terib oladi. 

Videorolik yakunida u boşqalarni ham işlagani kelişga taklif qilarkan, qor qança qalin bölsa pul ham şunça köp bölişini, yozda esa yanada oson bölişini qöşib qöyadi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasida köça tozalovçi bölib işlovçi va tomdan qor kurayotganida yiqilib vafot etgan fuqarolardan birining qarindoşining Prezidentga murojaati ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan edi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Şundan söng Özbekiston Taşqi işlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentining bildirişi vazirlik rasmiy saytida e'lon qilindi.

Rossiya Içki işlar vazirligining 2018 yil yozdagi hisob-kitoblariga köra, 2017 yilda Özbekistonning 3,1 milliondan ortiq fuqarosi migratsion röyxatga qöyilgan.

Ayni paytda Rossiyada 10 milliondan ortiq xorijlik fuqarolar bor. Ilk uçlikka Ukraina, Özbekiston (taxminan 20%) va Tojikiston (11,3%) fuqarolari kiradi.