Belgiya harbiy kontrrazvedkasi rahbari maxfiylik qoidalarini buziş va Rossiya foydasiga işlaşda gumonlanib işdan vaqtinça çetlatildi. Bu haqda öz manbalariga tayanib De Morgen gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, mayor Klement Vandenborrening ADIV (axborot va xavfsizlik boş xizmati)dagi ofisi yanvar oyi oxirida muhrlangan, uning özi esa uy qamoğiga joylaştirilgan.

Mayor maxfiy hujjatlarni oddiy qoğoz maydalagiçda yöq qilganlikda gumonlanmoqda. Uning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari tafsiloti oşkor qilinmayapti.  

Şu bilan birga De Morgen gazetasi manbalari Vandenborrega qarşi iş ADIV içidagi hokimiyat uçun kuraş oqibati bölişi mumkin deb hisoblaşmoqda. Xizmat içida yoşi katta rahbarlarga nisbatan norozilik kuçaymoqda: mayor razvedkada qirq yilga yaqin işlagan.