O‘zbekiston | 09:34 / 14.02.2019
9030
2 daqiqa o‘qiladi

Sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan tegishli tuzatishlar loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib o‘tamiz, 1 aprelga qadar texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun buzilishi uchun javobgarlikning kuchaytirilishini ko‘zda tutadigan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasi topshirilgan.
 
«O‘zstandart» agentligi (qonun loyihasi ishlab chiquvchisi) MJTKning uchala moddasi bo‘yicha amaldagi ma'muriy jarimalarni bir necha baravar oshirishni taklif etmoqda.

Izoh. Mansabdor shaxslar tomonidan MJTKning 214-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun EKIHning 30 baravari miqdorida jarima belgilash taklif etilayotganligini hisobga olgan holda, ushbu moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha qat'iyroq javobgarlik chorasi nazarda tutilishi kerak. Loyiha matnida xatoga yo‘l qo‘yilgan ko‘rinadi, ikkinchi holatda EKIHning 50 baravariga teng jarimani qo‘llash taklif etilgan.
   
Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar bilan jarimalar sezilarli darajada oshirilgan. Shu o‘rinda tuzatishlar e'lon qilingach, uch oydan so‘ng oshirilgan miqdorlarni qo‘llash rejalashtirilmoqda.
 
23 fevralgacha tuzatishlar muhokamasida ishtirok etib, fikr-mulohaza, sharh va takliflarni qoldirish mumkin.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid