9-10 fevral kunlarida Turkiyaning Istanbul şahrida ötkazilgan AIBA ijroqöm a'zolarining ikki kunlik yiğilişida taşkilot prezidenti  – Ğofur Rahimov AIBA kelajagiga doir fikrlarini bildirib ötdi. 

«Istanbulda samarali va mazmunli ötgan ikki kunlik AIBA ijroqöm yiğilişidan söng, boks oilasi kelajagi haqidagi öylarimni örtoqlaşişni lozim topdim. Avval ham ta'kidlanganidek, sportimizni rivojlantiriş va ilgari suriş uçun köp yaxşi qarorlar qabul qilindi va dolzarb muhokamalar taşkil etildi. 

Biz sportimizga bölgan işonçni orttiriş va fair-play maqsadida ayrim texnik qoidalarni özgartiryapmiz. 

Xususan, AIBA yangi tartib kiritadi, unga köra milliy boks federatsiyalari agar hakamlar qarorini adolatsiz deb bilişsa, jang natijasi böyiça protest bildirişi mumkin böladi. Protest töğridan-töğri jang ötkazilgan joyda topşiriladi va videoyozuvlar körib çiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.

Biz sportda tenglik va inklyuzivlikni ta'minlaş uçun libos formasiga özgartiş kiritiş uçun yangiliklarga qöl urdik. Ringga çiqadigan boksçilarning formalari böyiça özgarişlar joriy qilinadi: formada faqat milliy bayroqlar ranglaridan foydalaniş mumkin böladi, ayol boksçilarga esa agar diniy e'tiqodlari şuni talab qilsa, sport hijoblarida jang qilişga ruxsat beriladi.

Şuningdek, men «Munosib kelajak» taşabbusini e'lon qildim, Atletlar komicsiyasi muvaqqat vakillarini tayinladik, ular butun dunyodagi atlet guruhlari bilan işlaydi. Atletlarimiz sportimiz kelajagi, ular ijodkor, kuçga töla va ularga quloq tutiş kerak. Bu taşabbus taşkilot strategiyasi – «boksçilar tarbiyalagan boksçilar» ğoyasiga yöl xaritasi bölib xizmat qiladi», deyiladi Rahimovning nutqida. 

Eslatib ötamiz, 2018 yilning noyabrida Moskva şahrida ötkazilgan Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi Kongressida AIBA`ning rahbar lavozimlariga saylovlar bölib ötgan va 2018 yil boşidan taşkilot prezidenti vazifasini bajaruvçi bölgan Ğofur Rahimov lavozimga rasman saylangandi.