Britaniyaning Bellingcat suriştiruv guruhi bildirişiça, 2018 yilda GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani Britaniyadagi Solsberi şahrida zaharlaşga aloqadorlikda gumon qilingan uçinçi şaxsning haqiqiy ismi aniqlandi. Bu haqda uning saytida xabar qilingan.

Bellingcat xodimlari suriştiruvi The Insider naşri, Çexiyaning Respekt, şuningdek, Finlyandiyaning Helsingin Sanomat gazetasi bilan hamkorlikda ötkazildi. Ularning bildirişiça, Sergey Vyaçeslavoviç Fyodotov - aslida Rossiya TIV Diplomatik akademiyasi bitiruvçisi hamda GRUning yuqori darajadagi vakili Denis Vyaçeslavoviç Sergeyevdir.

Ma'lumotlarga köra, Sergeyev, özining öylab çiqarilgan şaxsi kabi, 1973 yil 17 sentyabrda Qozoğistondagi harbiylaşgan kiçik şahar Uşaralda tuğilgan. U Krasnodar ölkasidagi Novorossiysk şahrida armiyada xizmat qilgan, 2000-2002 yillarda Moskvaga ötkazilgan hamda Diplomatik akademiyaga öqişga kirgan. Körsatilişiça, erkak uylangan, uning katta yoşli qizi bor.

Xabar qilinişiça, 2002-2012 yillarda Sergeyev özining haqiqiy şaxsi ostida Rossiyadagi sakkizta kompaniya aksiyadori yoki boşqaruvçi direktori bölgan - keyinçalik tugatilgan soxta korporatsiyalarda. Şu vaqt davomida u million dollarlik bank kreditini olgan.

Suriştiruvçilarning bildirişiça, u 2010 yilda yangi şaxsini olgan, pasport Skripallarni zaharlaşda gumon qilinayotgan ikki boşqa şaxsga hujjatlar tayyorlagan bölim tomonidan berilgan. U yerda tuğiliş joyi Ryazan oblastining Apuşka qişloği sifatida körsatilgan. 

Qayd etilişiça, u öylab topilgan nomi bilan çet elga köp marotaba sayohat qilgan, ham Yevropada, ham Markaziy Osiyoda bölgan. Şu bilan birga, Bellingcat’ning yozişiça, sönggi oylarda bu şaxsning mavjudligi haqidagi yozuvlarni öçirib taşlaş böyiça faol kampaniya ötkazilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripallarni zaharlaşda qatnaşgan uçinçi şaxs suiqasddan keyin Britaniyada qolgani xabar berilgandi.