Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Auditorlik faoliyati töğrisida” gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida Özbekiston Respublikasining Qonuni” loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Auditorlik faoliyati töğrisida"gi 734-XII-sonli Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanişi mumkin.
Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati töğrisida"gi Qonunga köra, Banklarni va boşqa kredit taşkilotlarini auditorlik tekşiruvidan ötkazişning öziga xos jihatlari Özbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Agar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida Özbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boşqaça qoidalar belgilangan bölsa, xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi.
Qayd etilişiça, auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, halollik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oşiriladi. Auditorlar farazlarga asoslanib fikr bildirişdan holi bölişi va obrösini tuşirişi mumkin bölgan omillarga yöl qöymasligi lozim. Auditorlik taşkilotining mustaqilligiga tösqinlik qiladigan holatlar mavjud bölgan taqdirda, auditorlik taşkiloti auditorlik xizmatlarini körsatişdan voz keçişi kerak. Auditorlar xolis bölişi va manfaatlar töqnaşuvi yoki boşqa şaxslar tomonidan bosimlar sababli öz professional mulohazasini riskka qöymasligi lozim. Auditor professional burçiga va axloqiy talablarga sodiq bölişi, şuningdek, auditorlik taşkiloti obrösiga ta'sir körsatadigan holatlarga yöl qöymasligi kerak. Auditor uşbu Qonun talablariga amal qilişi, auditorlik taşkiloti tarkibida sifatli auditorlik xizmatlarini körsatiş uçun yetarli bölgan bilim va könikmalarni uşlab turişi lozim.
Auditorlik taşkilotlari auditorlari va işçilari auditorlik xizmatlarini körsatiş jarayonida ma'lum bölgan ma'lumotlarni auditorlik xizmati körsatilgan şaxsning yozma roziligisiz oşkor etmasligi lozim, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Auditorlik faoliyati Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bölmagan, Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi tomonidan çop etilgan, Özbekiston Respublikasida rasmiy naşr qilişga Xalqaro Auditorlik Amaliyoti Komitetidan ruxsati olingan, maxsus vakolatli organ va (yoki) auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari veb-saytida joylaştirilgan audit, sifat nazorati, umumiy tekşiruvlar va turdoş xizmatlar bilan boğliq xalqaro standartlar talablariga muvofiq amalga oşiriladi. Auditorlarning professional ahloq kodeksi auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik taşkilotlari auditorlarning axloqiy xatti-harakatlari jamiyat manfaatlariga, umumiy moral normalarga, mustaqillik, xolislik, halollik, professional malakaviylik va maxfiylik prinsiplariga muvofiq kelişini ta'minlaydi.

















