Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko mamlakat TIV rahbari Pavel Klimkinga Kerç böğozida sodir bölgan voqea tufayli Rossiyaga qarşi 124 sahifadan iborat sanksiyalar töplamini muhokama qiliş uçun xalqaro hamkorlar bilan bir qator uçraşuvlar ötkaziş töğrisida körsatma berdi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, davlat rahbari Xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasi yakunlari böyiça şunday bayonot bilan çiqqan.
«Men yaqin vaqt içida, kelasi hafta boşida Bryusselda, Ukraina bilan sa'y-harakatlar muvofiqlaştirib olingaç, sanksiyalar albatta qabul qilinadi, deb işonç bildiraman», - dedi Poroşenko.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina MDHning iqtisodiy komissiya töğrisidagi kelişuvidan çiqqandi.

















