100 ming so‘mlik ham chiqmoqda. Juda katta yangilikmi bu? Yo‘q! Markaziy bank 100 ming so‘mliklar muomalaga kiritilishi haqidagi xabarlarni ko‘p marta inkor etganiga qaramay, har doimgidek odamlar orasidagi gap-so‘zlar o‘z tasdig‘ini topdi. Xo‘sh, 100 ming so‘mligimiz «ortidagi nollari soni», ya'ni nominal qiymati bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?
Yangi banknotaning inflatsiyaga ta'siri bor yoki yo‘qligi bo‘yicha bahslar hamon davom etmoqda. Sohaning yetakchi mutaxassislari fikricha, 100 ming so‘mlikning inflatsiyaga ta'siri yo‘q, ammo aholi orasidagi fikrlar buning aksini ko‘rsatadi – mutlaq ko‘pchilik bunday katta qiymatdagi banknotalarning muomalaga kiritilishi oshib borayotgani inflatsiyaning yaqqol dalili degan fikrda.
Yana ayrimlar 100 ming so‘mligimiz dunyoning eng katta nominal qiymatga ega valutasiga aylandi, degan tasavvurda.
Ma'lumot uchun:
* Eng yirik nominalli valutalar reytingida 100 ming so‘mlikka joy yo‘q. Bu borada mutlaq rekord 1945-1946 yillarda chop etilib muomalaga kiritilgan Vengriya pengyosi hisoblanadi. Eng yirigi sekstillion (milliard trillion) pengyo edi. Tasavvur qilish uchun, 1 raqamidan so‘ng 21ta nol (uzun shkala o‘lchovida 36ta nol) bo‘ladi. Vengriya hukumati 100 sekstillion pengyo ustida bosh qotira boshlaganda denominatsiya o‘tkazilgan va yangi valuta – forint muomalaga kiritilgan;
* Yangi tarix rekordchisi Zimbabve dollari hisoblanadi. Bu davlatdagi giperinflatsiya vaqtida 100 trillion Zimbabve dollari muomalada bo‘lgan va buncha katta banknotani ham ko‘pchilik bir dollarga almashtirishdan bosh tortgan. Ammo keyinchalik bu pullar muomaladan chiqarilganda, suvenir sifatidagi bahosi 100 AQSh dollarigacha chiqib ketgan;
* MDH davlatlari orasida ham o‘ziga xos rekordchilar bor. Ukrainada 1991-1996 yillarda muomalada bo‘lgan, grivnadan avvalgi valuta – karbovanetsning 1 000 000(bir mln)lik banknotasi amalda bo‘lgan;
















