«Suriya Demokratik kuçlari» Suriya qurollangan muxolifatining jangarilari respublika hududida IŞID tarğibot roliklariga ingliz tilida ovoz bergan jangarini qölga oldi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Gazeta ma'lumotlariga köra, qölga olingan şaxs - asli kelib çiqişi afrikalik bölgan 35 yoşli Kanada fuqarosi Muhammad Xalif. Taxminlarga köra, u bir neça önlab audio va videoyozuvlarga, jumladan, garovga olingan şaxslarning jangarilar tomonidan öldirilişi tasvirlangan kadrlarga ovoz bergan.
Yozuvlarga Xalifa tomonidan ovoz berilgani haqida uç mustaqil ekspert va AQŞ rasmiy şaxsi ma'lum qildi. Ularning qayd etişiça, IŞID jangarilariga ingliz tilida aksensiz gapira oladigan kişilar kerak bölgan. Xalifaning gazetaga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, bu işidan afsuslanmaydi. Ayni paytda u Suriyada qamoqda saqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq BMTda IŞIDning moliyaviy zaxiralari haqida ma'lum qilingandi.

















