GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning jiyani Viktoriya Skripal sözlariga köra, sobiq harbiy olamdan köz yumib bölgan. Bu haqda u FAN’ga aytib ötdi.
Viktoriya Skripal fikriça, Britaniya OAVda Sergey Skripalning soğliği yomonlaşgani haqida paydo böla boşlagan yangiliklar şuni anglatadiki, London «işni GRU sobiq polkovnigining ölimi va dalillarni yöq qilişga qarab olib bormoqda».
«Hammasi bir yil oldin yozilgan ssenariy asosida ketmoqda. Bizga Skripallarni körsatişmayapti - ular soğ yoki kasal ekanini heç kim bilmaydi. Agar bizga Sergeyni körsatişmayotgan ekan, demak u ölişi kerak», - deya izoh berdi Skripalning qarindoşi.
Uning fikriga köra, şundan söng Yuliya Skripal «janr mantiğiga köra» otasining jasadini kuydirişi kerak böladi.
«Unga urna berişadi va uni onasi hamda akasi oldida kömişni xohlaydi. Bor gap şu. Faqat, uning jasadi allaqaçon kuydirilgan va urnada turibdi», - deya qöşimça qilib ötdi Skripal.
Bundan taşqari, uning aytişiça, qarindoşlari olti oydan ortiq vaqtdan beri u bilan boğlanmagan. Ular Yuliya bilan sönggi marta 2018 yil 24 iyul kuni suhbatlaşişgan.
Skripalning ahvoli yomonlaşgan. U vafot etgan bölişi ham mumkin













