Rossiya razvedka boşqarmasining sobiq polkovnigi, 2018 yilning martida Britaniyaning Solsberi şahrida zaharlangan Sergey Skripalning ahvoli oğirlaşgan. Bu haqda razvedka xizmatidagi manbasiga asoslangan holda The Sunday Times xabar bermoqda.
Skripal qariyb bir yildan buyon şifokorlarning doimiy nazorati ostida qolmoqda. Ayni vaqtda 67 yoşda bölgan Skripal qaçondir töliq tuzalişi, zaharli modda ta'siridan butkul foriğ bölişi ma'lum emas. Skripal işi bilan taniş manbalarga köra, u yana «muayyan vaqt davomida» tibbiy yordam olişda davom etadi.
Gazeta suhbatdoşining tan olişiça, heç kim Skripalning taqdiridan xabardor emas.
«Uning tanasidan zaharli modda çiqarib taşlangan, ammo uning oqibatlari uzoq vaqt saqlanib qolişi mumkin», deydi Notingem universiteti dotsenti Ueyn Karter.
Qayd etiş kerakki, qizi Yuliyadan farqli ravişda Sergey Skripal zaharlaniş voqeasidan keyin ommaga köriniş bermagan.
Daily Mail xabarida bu uning ölimi haqidagi şubhalarga asos böla olişi aytilgan, politsiya esa bunday ehtimolni rad etgan.
Britaniya hukumati iddaosiga köra, Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Rossiya razvedkasi xodimlari tomonidan SSSR hududida işlab çiqarilgan, asab tizimini falajlovçi «Noviçok» moddasi orqali zaharlangan. Londondagilar bu hujum Rossiya oliy rahbariyati topşiriği asosida amalga oşirilganini taxmin qilgan. Rasmiy Moskva esa bu hodisaga aloqadorligini qat'iyan rad etgan.
«Noviçok» tufayli ingliz politsiyaçisi Nik Beyli, şuningdek, oddiy fuqarolar Çarli Rouli hamda Don Sterjyess ham zaharlangan. Sterjyess tezda vafot etgan, Beyli va Rouli esa uzoq muddat davomida tiklaniş jarayonini ötagan, ularning soğligiga jiddiy zarar yetgan.














