Sergey va Yuliya Skripallarga birinçi yordam körsatgan politsiyaçilar rossiyaliklar Solsberidagi savdo markazi yonida joylaşgan skameykada topilgan kun haqida batafsil ma'lumot berişdi. Konstebl Aleks Kollins va politsiya serjanti Treysi Xollouey bilan intervyu juma kuni «Gardian» gazetasining saytida e'lon qilindi.

Aleks Kollins va Treysi Xollouey
Foto: Sam Frost/Guardian

Politsiya xodimlari sözlariga köra, ularning navbatçiligi 4 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00da boşlangan - politsiyaga jamoat joyida özini yomon his qilayotgan keksa erkak va yoş ayol haqida xabar kelib tuşişidan bir soat-u ön beş daqiqa avval. Xolloueyning aytişiça, bir kun avval qöl ostidagi xodimlar kuçli qor sababli ança oğir şaroitda işlaşgan va öşa kuni ularga bir oz dam olişga ruxsat bergan hamda «heç narsaga aralaşmasliklari»ni aytgan. Xabar kelib tuşganidan söng, politsiya naryadi uçastkadan voqea joyiga ikki daqiqada yetib borgan, yordamga muhtoj bölgan odamlar holati ularga darhol ğalati tuyulgan.

«Ayol yerda yon tomoni bilan yotgandi, şifokor bölib çiqqan ötkinçi şaxs esa, öpkasiga havo yuboriş orqali unga yordam körsatayotgandi. Menimça, agar u bu işni qilmaganida, ayol vafot etgan bölardi», - dedi Xollouey.

Skripalning özi, politsiya vakili sözlariga köra, odatdagidek nafas olgan, biroq skameykada haykal kabi qotib ötirgan hamda heç qanday reaksiya bildirmagan. Bundan taşqari, u öz holatini özgartira olmagan, politsiyaçilar keyinçalik tibbiyot xodimlariga uni zambilga yuklaşda yordam bergan vaqtida ham ötirgan holda bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripallar harbiy bazada uşlab turilgani taxmin qilingandi.