Mirzo Ulugbek Business City quriladigan hududda istiqomat qiluvçi aholining uylari ularning roziligisiz buzilmaydi. Bu haqda Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev 18 fevral kuni Mirzo Uluğbek tumani hokimiyatida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qildi.
Oçiq muloqot tarzida taşkil etilgan yiğilişda Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkat Irgaşev hamda Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvçi aholining yuzlab vakillari iştirok etişdi.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabarida aytilişiça, unda şahar hokimi uşbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritgan. Hokim dastlab aholining öz turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilişlar haqidagi fikrlari bilan tanişgan.
Uçraşuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toşkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati böyiça öz fikrlarini bildirişgan. Toşkent şahar hokimi poytaxtdagi buzilişi ehtimoli bölgan hududlardagi işlarni taşkil etiş böyiça axborot bergan.

Xususan, bu borada tegişli hududlarda ofislar taşkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari örganilişi ma'lum qilingan.
«Agar sizning tumaningizda katta kompleks quriladigan bölsa va buzişga töğri kelsa, u yerda hokimiyat vakili hamda investor vakili iş olib boradigan ofis oçiladi, siz ular bilan alohida uçraşib, savollaringizga javoblar olişingiz mumkin böladi. Siz qayerga köçişni istaşingiz, uy qaysi qavatdan bölişi kerakligi, qança bolalaringiz borligi va şu kabi savollarga oydinlik kiritiladi. Har bir odam bilan uning manfaatlaridan kelib çiqqan holda alohida kelişiladi. Roziligingiz bilan reja qilinadi. Heç kim avvallari bölganidek şunçaki buzib taşlamaydi. Sizning ruxsatingizsiz uyingizni heç kim buzmaydi», — degan Jahongir Ortiqxöjayev qatnaşçilarning uylar buzilişi haqidagi savoliga javoban.
Bundan avvalroq, Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanida yangi baland binolar qad rostlaydigan, uzunligi 6,5 kilometrlik xiyobon paydo bölişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


















