21-23 fevral kunlari Buxoro şahrida yilning turizm sohasiga doir eng muhim tadbirlaridan biri - Ziyorat turizmi böyiça birinçi xalqaro forum ötkaziladi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ötkazilayotgan forumning maqsadi - mamlakatning sayyohlik salohiyatini oşiriş hamda Özbekistonning islom dunyosidagi ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida xalqaro miqyosda e'tirof etilişiga erişiş, deya qayd etiladi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabarida. 

Ziyorat, ya'ni muqaddas joylarni ziyorat qiliş ikki asosiy yönalişni öz içiga olgan: ekskursiyaviy-ma'rifiy va diniy turizm. 

Islom dunyosining eng qimmatbaho Qur'oni karim namunalaridan biri - Xalifa Usmon Qur'on kitobi saqlanuvçi Hazrati Imom majmuasi, buyuk islom imomi Mahammad Al-Buxoriy maqbarasi, Naqşbandiyya tariqati izdoşlari qabrlari va şu kabi köplab boşqa diniy markazlar mavjud. Bunday tarixiy va muqaddas qadamjolarga ziyorat va sayohat qiliş uçun har yili dunyoning turli burçaklaridan minglab sayyohlar Özbekistonga taşrif buyurişadi. 

Ta'kidlaş joizki, hukumat tomonidan Özbekistonning ziyorat turizmi yönalişidagi jozibasini oşiriş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Prezidentning 5611-sonli farmoniga köra, joriy yilning 5 yanvar kunidan Özbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma'naviy merosi va an'analarini örganiş uçun taşrif buyuruvçi xorij fuqarolariga 2 oygaça bölgan muddat bilan beriluvçi Pilgrim visa joriy etildi. 

Özbekistonning jahon hamjamiyatida ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida e'tirof etilişi umumiy ma'noda mamlakatda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantiriş va turistlar oqimini sezilarli darajada oşirişga turtki beradi. 

Buxoro şahrida bölib ötadigan ziyorat turizmi böyiça birinçi xalqaro forumda Malayziyaning Perlis ştati muftiysi Mohd Asriy bin Zayn-ul Obiddin hamda Islom turistik markazi, Halol tadqiqotlar va menejment instituti, Malayziya turistik kompaniyalari va turoperatorlari uyuşmasi rahbariyati iştiroki kutilmoqda.