Tez orada Özbekistonda onlayn rejimda zarur dori vositasini izlaşga yönaltirilgan yangi Apptechka loyihasi işga tuşirilişi kutilmoqda. Pharmclub Özbekiston uyuşmasi rais örinbosari Erkin Karimov Kun.uz muxbiriga şu haqida ma'lum qildi.

"Farmatsevtika va dorixonalar tizimida axborot texnologiyalari yildan yilga rivojlanib bormoqda. ArzonApteka ilova va telegram-boti amalda yaxşi samara berganidan keyin şunga öxşaş iste'molçiga yengillik yaratuvçi tizimlar taklif qilinmoqda. Yaqin orada işga tuşişi kutilayotgan Apptechka nomli loyiha bor. Unda siz onlayn rejimda dorixonaga qaysi dorini izlayotganingizni jönatişingiz mumkin. Bunga javoban bu dorilarning qaysi dorixonalarda, ularga qanday yetib oliş mumkinligi va qanday narxda ekanligiga doir ma'lumotlar taqdim etiladi", - deydi Erkin Karimov.

Foto: Pharmclub Özbekiston uyuşmasi rais örinbosari Erkin Karimov

Uning sözlariga köra, ilgari 5-10 ta dorixonaga qönğiroq qilib yoki borib söraladigan ma'lumotni endi istagan joydan turib onlayn yoziş va ma'lumot oliş imkoni paydo böladi. Har bir inson öziga qulay variantni tanlab, dori vositalarini xarid qilişi mumkin.

"Bugun dorixonalar biznes sifatida faqatgina çöntagini öylaşi emas, öz faoliyatini iste'molçilar manfaatiga yönaltirişga e'tibor qaratmoqda, iste'molçini öylaş darajasi va raqobat kuçaymoqda. Dorixonalar bir-biri bilan raqobatlaşganda narxlarning ma'lum ma'noda pasayganini kuzatayapmiz. Şu bilan birga, iste'molçilarga qança yengillik yaratilsa, ularni uşlab qoliş imkoni şunça yuqori ekani sezilmoqda", - deydi mutaxassis.

Bundan taşqari, Pharmclub Özbekiston uyuşmasi rais örinbosari bugungi kunda farmatsevtika rivojiga tösqinlik qilayotgan tösiqlardan biri sifatida kadrlar bilim darajasining yetişmasligini qayd etdi. Zero xorij tajribasini özlaştirib, zamonaviy xizmatlar körsatiş uçun ham bilimli kadrlar kerak. 

Bundan avval Özbekistonda farmatsevtika sohasining eng yaxşilari taqdirlanuvçi Pharmclub Awards 2018 marosimi ötkazilişi haqida xabar berildi.