Bugun, 21 fevral kuni Toşkent şahridagi «Yoşlar ijod» saroyida Yevropadan keltirilgan va Özbekiston şaroitida yetiştirişga moslaştirilgan nasldor quyonlar körgazmasi taşkil qilindi.
Özbekistonda naslli quyonlar yetiştiruvçilar assotsiatsiyasi taşabbusi va Özbekiston yoşlar ittifoqi hamkorligida ötkazilgan mazkur körgazmada göşt, teri, nasl, möyna va dekorativ yönalişda yetiştiriş uçun möljallangan 20 xil turdagi quyonlar namoyişga qöyildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Markaziy Osiyoda birinçi bor taşkil qilingan körgazmada Rossiya, Qozoğiston va mahalliy quyon yetiştiruvçi xöjalik xodimlari, mutaxassislar, tadbirkorlar, quyonçilik yönalişiga qiziquvçi yoşlar iştirok etdi.



«Nega bu körgazmani ötkazayapmiz? Töğrisini aytiş kerak, şu paytga qadar Özbekistonda quyonçilik yönalişida birorta körgazma taşkil qilinmagan. Nafaqat körgazma, balki quyon yetiştiriş, quyonçilikda naslni tartibga soliş işlari ham ölda-jölda qoldirilgan. Buni bizda na biror ilmiy yönalişdagi institut va na kuçli mutaxassislar yöqligi ham isbotlaydi.
Bugungi kunda quyon yetiştiruvçilarning köpçiligini fermerlar taşkil qiladi. Bizning maqsadimiz esa qişloq xöjaligining, töğri yölga qöyilganda, eng serdaromad sohalaridan bölgan quyonçilikni nafaqat fermer xöjaliklarida, balki yakka tartibdagi tadbirkorlik şaklida, aholi xonadonlarida ham yetiştirişni taşkil qiliş, bunda odamlarimizga kömaklaşişdan iborat», - deydi assotsiatsiya rahbari Elmurod Ortiqov.


Körgazmada quyonçilik sohasida dunyo olimlari tomonidan göşt, teri, nasl, möyna va dekorativ yönalişda yuqori baholanuvçi quyonlar, jumladan, «Flandr» quyoni ham namoyişga qöyildi. Flandr – dunyo naslçiligidagi eng yirik quyon turi hisoblanadi. Uşbu tur quyonlari örtaça 12 kilogrammgaça göşt beradi (dunyo rekordi 24 kg deb aytiladi).
















