Toşkent şahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi Özbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilişiga oid xabarlar soxta ekani böyiça bayonot berdi. 

"Ijtimoiy tarmoqlarda avvalgidek poytaxtdagi obektlar buzilişiga doir turli taxminlar va soxta ma'lumotlar tarqalişda davom etmoqda. Sönggi miş-mişlardan biri - Darxon nomi bilan tanilgan hududda (Mirzo Uluğbek tumani, Mustaqillik prospekti) joylaşgan Özbekiston Davlat konservatoriyasi eski binosining buzilişiga oid. Eng avvalo Toşkent şahar hokimligi va Mirzo Ulugbek Business city direksiyasi rasman şuni ma'lum qiladiki, mazkur tarixiy binoning buzilişi heç qaçon rejalaştirilmagan", - deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida. 

Bundan taşqari, poytaxt ma'muriyati özbekistonliklarni öz vaqtlarini turli miş-mişlar tarqatişga sarflamaslikka çaqirdi. Mavjud savollar böyiça Toşkent şahar hokimligining +712100163 raqamiga qönğiroq qiliş mumkinligi qöşimça qilingan.