Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hujjat loyihasida abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun eng kam iş haqining bir barobariga teng miqdorida yiğim undirilişi bildirilgandi.
Davlat test markazi rahbari Majid Karimovning ma'lum qilişiça, joriy yilda maktab, litsey va kollejlarni tamomlovçi yoşlar uçun test sinovlari mutlaqo bepul, heç qanday tölovlarsiz ötkazilişi tartibi saqlanib qolmoqda.
«Test sinovlarida iştirok etiş uçun yiğim oldingi öquv yillarida ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan undirilişi nazarda tutilgan», – deydi u.
Karimovning ta'kidlaşiça, har bir abituriyent, tanlagan OTMning joylaşgan hududidan qat'i nazar, öz hududidagi Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topşiradi. Bu xizmat uçun 10-20 ming söm atrofida tölov bölişi mumkin. Oliy ta'lim muassasasiga kiriş davlat imtihonlari uçun hujjatlarni elektron yuklaş imkoniyati hozirça yöq.
«Elektron hujjat topşiriş imkonini beradigan Universities.uz hali işga tuşmagan va bu platforma taklif sifatida körib çiqilmoqda», – deb qöşimça qiladi DTM rahbari.
DTM direktor örinbosari Qahramon Haqberdiyev bergan ma'lumotga köra, davlat xizmatlari markazlari hujjatlar qabulining işonçliligi, muhofazalanganligini kafolatlaydi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube

















