Microsoft kompaniyasi xodimlari 480 mln dollarlik yirik harbiy şartnomadan voz keçiş talabi bilan oçiq xatni imzolaşdi. Şartnoma harbiy harakatlar va maşğulotlar vaqtida aralaş reallik şlemi HoloLens negizida yotuvçi texnologiyani qöllaşni nazarda tutadi.

Kompaniya xodimlarining ta'kidlaşiça, aralaş reallik texnologiyasini qöllaş harbiy harakatlarni videoöyinga öxşaş qiladi va “askarlarni uruşning haqiqatlaridan yiroqlaştiradi”.

Kompaniya  bu şartnomani 2018 yil noyabrda yutib olgan. Armiya modernizatsiya qilingan HoloLens şlemidan 100 mingta sotib olişni rejalaştirgan. Bu şlem sotuvga çiqqaç umumiy hisobda 50 mingtaga yaqin sotilgan.  

Şlemning “harbiy” versiyasi tungi köriş rejimi, issiqlik datçiklari, tana körsatkiçlarini nazorat qilişi bilan farqlanadi. Bu şartnomani MagicLeap kompaniyasi ham olmoqçi bölgan. 

2018 yilda Google kompaniyasi ham öz xodimlari qarşiligidan keyin Pentagon bilan şartnomadan voz keçgandi. Kompaniya uçuvçisiz parvoz qurilmalaridan olingan suratlarda odamlar va obektlarni tanişga imkon beruvçi tizimni yaratiş bilan şuğullangan.