Özbekistonda atom elektr stansiyasining qurilişi 2030 yilga borib mamlakat elektr energiyasining 15 foizi yadroviy manbalardan olinişiga va 2032 yilga borib mamlakat elektroenergiyasining 20 foizini qayta tiklanuvçi manbalardan olişga doir maqsadiga erişişda yordam beradi. "Özatom" agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudov Buyuk Britaniyaning FDI Magazine internet jurnaliga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qilgan.
Jörabek Mirzamahmudovning sözlariga köra, Özbekiston bugungi kunda tabiiy gazga haddan taşqari tobe', zero u umumiy energetik quvvatning 85 foizini taşkil qiladi.

"Yadroviy energetikaga kiritiladigan investitsiyalar vaziyatni özgartirişi mumkin. 2030 yilga borib Özbekiston elektr energiyasining 15 foizga yaqini yadroviy manbalardan olinişi kutilmoqda", - deydi u.
"Özatom" agentligi boş direktorining qayd etişiça, atom energetikasi "sof" energiya sifatida Özbekistonga 2032 yilga borib mamlakat elektroenergiyasining 20 foizini qayta tiklanuvçi manbalardan olişga doir maqsadiga erişişda yordam beradi. Şu bilan birga, atom energetikasi Özbekistonga havoga çiqariluvçi zararli çiqindilarni qisqartiriş imkonini beradi. Yillik hisobda karbonat angidrid çiqindilari 14 million tonnaga va azot oksidi 36 ming tonnaga qisqaradi.
"Özbekistonda qurilişi taklif etilayotgan yangi elektr stansiyasi şuningdek 3,5 milliard kubometr tabiiy gazni tejaş va undan boşqa - qöşimça qiymatli mahsulotlarni işlab çiqariş yoki eksport kabi maqsadlarda foydalaniş imkonini beradi. Joriy prognozlarga muvofiq, bu yiliga 550-600 million dollar qöşimça daromad keltirişi mumkin. Şuningdek keng kölamli mintaqaviy hamkorlik uçun imkoniyatlar ham mavjud. Markaziy Osiyo elektr energiya tarmoği qayta tiklanmoqda va Özbekiston qöşnilarga yordam körsatişda muhim rol öynaşi mumkin", - deya ta'kidlaydi Mirzamahmudov.
FDI Magazine muxbirining "AES qanday moliyalaştiriladi?" degan savoliga u quyidagiça javob bergan:
"2019 yilning yanvarida "Özatom" loyihalaştiriş, xarid va quriliş (LXQ) uçun şartnomalar muhokamasiga kirişadi. LXQ şartnomalari Özbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumatining imtiyozli kreditlari bilan hamkorlikda moliyalaştiriladi. 2019 yilning birinçi çoragida bölib ötadigan muzokaralarda yakuniy detallar belgilanadi, moliyaviy kelişuv esa 2019 yilning törtinçi çoragiga borib taqaladi. Biz uçun ustuvor vazifa Özbekiston uçun eng yaxşi moliyaviy kelişuvni ta'minlaş hisoblanadi".











