Hindistonda 10 mingdan ziyod kişi taşrif buyurgan The Times Travel Show Expo turistik körgazmasida Özbekiston, ayniqsa Namangan viloyatining sayyohlik salohiyati namoyiş etildi. Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi.

23-24 fevral kunlari Hindistoning Mumbay şahrida “The Times Travel Show Expo” yirik sayyohlik körgazmasi bölib ötdi. Uşbu tadbirda Hindistonning yetakçi turizm kompaniyalari, sayyohlik sohasi bilan boğliq turli sanoat taşkilotlari, yetakçi aviakompaniyalar, xorijiy davlatlar delegatsiyalari iştirok etdi.
Körgazma maydoniga mamlakatimizning Hindistondagi elçixonasi va “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasi Mumbay şahridagi vakolatxonasi hamkorligida Özbekiston stendi örnatildi.
Respublika turizm salohiyati, tarixi, madaniyati ruhida bezatilgan Özbekiston milliy stendiga ingliz tilida tayyorlangan turli ma'lumotlar, qöllanmalar va videomateriallar joylaştirildi.
The Times Travel Show Expo doirasida Namangan viloyati turizm salohiyatiga bağişlangan alohida burçak taşkil etildi. Unda viloyatda xorijiy sayyohlar uçun ziyorat turizmi, ekoturizm, oilaviy turizm va boşqa yönalişlardagi mavjud imkoniyatlar namoyiş etildi.
Ikki kun davom etgan uşbu körgazmaga 10 mingdan ortiq kişi taşrif buyurdi.

Körgazmaga taşrif buyurgan mehmonlarga Özbekistonning turizm salohiyati, mavjud turizm yönalişlari, yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar böyiça har tomonlama taqdimot berildi. Xususan, hindistonlik sayyohlar “e-visa” tizimi va bu yönalişda kiritilgan yengilliklar, Mumbay va Toşkent şaharlari örtasida yölga qöyilgan aviaqatnovlar töğrisida batafsil ma'lumot oliş imkoniga ega bölişdi.

















