2018 yilning 13 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»ni Farmoni e'lon qilingandi. Unga asosan, 2018 yilning 1 noyabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilgan va respublika hududida eng kam oylik ish haqi 202,730 so‘m etib belgilangandi.
Eng kam oylik maosh miqdorining oshirilishi bilan O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalarining to‘lov-kontrakt narxlari ham ko‘tariladi.
Buning sababi, Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-sonli bayoniga ilovada to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi. Ya'ni har safar EKOIH oshganida OTM talabasi bo‘lish bahosi ham yuqorilab boraveradi.
Bu esa shuni anglatadiki, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi. Faqat qoidaga binoan, EKIH miqdori oshirilganda kontraktlar navbatdagi semestrdan boshlab oshiriladi.
Shunga ko‘ra, noyabrda oshgan ish haqlari mart oyidan boshlab o‘quv yilining 2-yarmi uchun to‘lanadigan kontraktga ta'sir qiladi.
Telegramdagi Xushnudbek.uz kanalida keltirilishicha, 2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo‘ladi:
BAKALAVRIAT
(kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim uchun)
1-toifa: 45 barobar – 9 mln 122 ming 850 so‘m
2-toifa: 46 barobar – 9 mln 325 ming 580 so‘m
3-toifa: 50 barobar – 10 mln 136 ming 500 so‘m
4-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so‘m
5-toifa: 60 barobar – 12 mln 163 ming 800 so‘m
Toifalarga qaysi ta'lim yo‘nalishlari to‘g‘ri kelishini









