Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziriga birinçi örinbosar tayinlandi. Vazirlik matbuot xizmati xabar qilişiça, Farğona viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari sifatida işlab kelayotgan Şuhrat Jöraquloviç Teşayev Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qarori bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Bu lavozimda Teşayev paxtaçilik, uruğçilik, qişloq xöjaligida mexanizatsiyalaştiriş, qişloq xöjaligida suv resurslari iste'molini tahlil etiş masalalari bilan şuğullanişi belgilangan.

Şuhrat Teşayev 1969 yilda Buxoro viloyati, Ğijduvon tumanida tuğilgan, 1993 yilda Toşkent davlat agrar universitetini bitirgan, mutaxassisligi böyiça agronom.

U 1996-2010 yillarda Özbekiston paxtaçilik ilmiy-tadqiqot institutida turli lavozimlarda işlagan, 2010-2012 yillarda «Paxta» ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi boş direktori, 2012-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari böyiça birinçi örinbosari, 2014-2016 yillarda Qişloq va suv xöjaligi vaziri, 2016 yildan esa Qişloq va suv xöjaligi vaziri örinbosari - Özbekiston qişloq xöjaligi ilmiy-işlab çiqariş markazi boş direktori bölgan. U 2018 yilning iyulida Farğona viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, şu yilning yanvar oyi oxirida Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Bahodir Yusupov lavozimdan ozod etilib, uning örnini Taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev egallagandi.